Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Vinisiusning agenti "Real"dan muhim xabar oldi

Vinisiusning agenti "Real"dan muhim xabar oldi

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Vinisius Juniorni zaxirada qoldirishdan cho‘chimayapti, chunki braziliyalik o‘zining optimal holatida emas. Vinisiusga vaziyat yoqmayapti, lekin u buni faqat bir yo‘l bilan tuzatish mumkinligini tushunadi - yaxshiroq formagan qaytish.

Goal portalining Marca’ga tayanib xabar berishicha, dushanba kuni Vinisiusning agenti Frederik Penya "Real" bosh direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashgan. Uchrashuv shartnomani uzaytirish ehtimoliga bag‘ishlandi - avvalroq muzokaralar to‘xtatilgan edi.

Manbaga ko‘ra, "Real" agentga so‘nggi taklif o‘zgarishsiz qolishini aytgan - madridliklar shartlarni oshirmaydi.

Amaldagi mehnat shartnomasi Vinisius Juniorni "Real" bilan 2027 yilning yarmigacha bog‘lab turadi.

Kiritildi: 18:53 23.09.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!