Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Vinisius "Real"ga yangi talab qo‘ydi

Vinisius "Real"ga yangi talab qo‘ydi

Hujumchi Vinisius Junior hamon "Real" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti.

Muzokaralar jarayoni davom etmoqda. Shu bilan birga, futbolchi tomoni "qaymoqranglilar"ga yangi talab qo‘ydi. Vinisius o‘zining imidj huquqlarini to‘liq nazorat qilishni xohlaydi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Vinisius 2018 yilning yozida "Flamengo"dan "Real" safiga kelib qo‘shilgandi. O‘shandan beri "qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasida Vinisius 353 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 113 ta gol va 94 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali 25 yoshli Vinisiusni 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:30 28.01.2026. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!