Hujumchi Vinisius Junior hali "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin emas. The Athletic xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining atrofidagilar kelishuvga erishilganini qat’iyan rad etishmoqda.
“Muzokaralar ochiqligicha qolmoqda, Vinisius Junior yiliga 30 million yevro miqdoridagi paketni talab qilmoqda. Bunga “Real Madrid” tomonidan taklif qilinmagan qandaydir bonuslar kiradi", deyiladi maqolada.
Avvalroq, 24 yoshli Vinisius Junior "Real"da qolish istagi haqida gapirgandi. Uning Ispaniya La ligasi grandi bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsumga mo‘ljallangan.
Umuman olganda, Vinisius “Real” safida 319 ta o‘yin o‘tkazib, 106 ta gol urgan va jamoadoshlariga 83 ta golli uzatma bergan.