Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior jamoadoshlariga o‘z o‘yinidagi pasayish optimal jismoniy holatda emasligi bilan bog‘liq ekanini aytdi. Shu sababli uning o‘yini avvalgidek jadal va portlovchan emas. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglar» rahbariyati 25 yoshli futbolchining holatiga tushunish bilan yondashmoqda. Biroq jamoaning umumiy o‘yindagi pasayishi natijalarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani klubni tashvishga solmoqda. Qayd etilishicha, Vinisius yuzaga kelgan vaziyatda xotirjamlikni saqlamoqda va u optimal jismoniy holatga qaytgan zahoti «hammasi o‘zgarishini» yaxshi tushunadi.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.