Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Vinisius Junior "Real"dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Vinisius Junior "Real"dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Hujumchi Vinisius Junior o‘z kelajagi borasidagi barcha variantlarni ochiq qoldirmoqda. "Real"dan ketish — imkoniyatlardan biri bo‘lib, Vinisius uni ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

"Real" hozirgacha Vinisiusning ish haqi bo‘yicha talablarini qondirgani yo‘q. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, braziliyalik futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi esa 2027 yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi.

Vinisiusning atrofidagi insonlar, shuningdek, futbolchi so‘nggi yillardagi hissasiga qaramay, muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash susayganidan hafsalasi pir bo‘lganini aytmoqdalar.

25 yoshli Vinisius Junior nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 150 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 23:49 13.03.2026. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!