Madridning «Real» klubi futbolchisi Vinisius Junior 2026 yilgi jahon chempionati oldidan qaysi terma jamoalarni eng kuchli deb hisoblashini aytdi.
Bo‘lajak mundial o‘yinlari iyun va iyul oylarida AQSH, Meksika hamda Kanadada bo‘lib o‘tadi.
«Kuchli terma jamoalar ko‘p. Menga Portugaliya, Fransiya, Ispaniya va Argentinaning o‘yini yoqadi. Ushbu to‘rtta jamoa eng kuchlilaridir, ular o‘tgan jahon chempionatidan beri tarkiblarini deyarli o‘zgartirishmadi», — deya Vinisiusning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Madrid Xtra.
Amaldagi jahon chempioni — Argentina. Vinisius to‘p suradigan Braziliya terma jamoasi 2002 yildan beri zafar quchmagan, biroq jami titullar soni bo‘yicha rekordni (beshta) saqlab qolmoqda.