Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Vinisius Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaydi

Vinisius Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaydi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlarga Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaydi.

Bu haqda Ge Globo ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, milliy jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisiusni navbatdagi o‘yinlarga jalb qilmaslikka qaror qilgan. Aslida Vinisius Chiliga qarshi bahsni diskvalifikasiya sababli o‘tkazib yuborishi kerak edi, ammo Anchelotti uni Boliviyaga qarshi o‘yinga ham jalb etmoqchi emas. Aytilishicha, murabbiy hujumchiga qo‘shimcha dam berish niyatida.

Jahon chempionati – 2026 saralash o‘yinlarini Braziliya terma jamoasi sentyabr oyida o‘tkazadi. Chiliga qarshi bahs 5 sentyabr kuni, Boliviyaga qarshi o‘yin esa 10 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:00 19.08.2025. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!