«Real» hujumchisi Vinisius Junior La Liganing 11-turida «Barselona»dan uchralgan mag‘lubiyatga (0:4) munosabat bildirdi.
«Biz doimgidek kuchli bo‘lib qaytamiz. «Real Madrid» dunyodagi eng katta klub, buni barcha yaxshi biladi», — deb fikr bildirgan Vini Junior.
Ma’lumot uchun, La Liganing 11-turidan so‘ng «Barselona» 30 ochko bilan musobaqa yetakchisi bo‘lib turibdi. «Real»ning hisobidagi ochkolar esa 24 tani tashkil qilmoqda. Madridliklar turnir jadvalining 2-pog‘onasida ketishmoqda.