Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vinisius “Barsa” ustidan kuldi

Vinisius “Barsa” ustidan kuldi

«Barselona» butun dunyodagi o‘z muxlislarining hafsalasini pir qildi. Payshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi mehmonda «Atletiko»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoalar hali javob uchrashuvini o‘tkazishadi, biroq kataloniyaliklarga vaziyatni o‘nglash va finalga yo‘l olish juda qiyin bo‘ladi.

«The Touchline» sahifasida Vinisius Junior strimer Ibay Lyanos bilan birga turgani va hayrat bilan kulayotgani aks etgan surat e’lon qilindi. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius «Barselona» ishtirokidagi o‘yin hisobiga shunday munosabat bildirgan. Vinisius va Lyanos «Nike» tadbirida uchrashib qolishgan.

Vinisius “Barsa” ustidan kuldi

Kiritildi: 23:27 13.02.2026. O'qildi: 5663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!