Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Viloyat prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlandi

Viloyat prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijon viloyat prokuraturasida mas’ul lavozimda ishlovchi Q. ismli shaxs pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatni tasdiqladi.

“12 noyabr kuni taxminan soat 23:00 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan. Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda”, – deya Kun.uz'ga ma’lum qildi bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Qo‘lga olingan prokuratura xodimi hokimning jiyani ekani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi.

Kiritildi: 22:33 13.11.2021. O'qildi: 3918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!