Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi

A A A
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Konfessiyalar kengashining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun Kengash a’zolari tomonidan muhokama qilindi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu Qonun xalqaro hujjatlar, shu jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, BMT va YEHXTning tegishli normativ hujjatlariga tayanilgan holda ishlab chiqilgani alohida qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo‘nalishi, aynan, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangani ham ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning yorqin namunasi ekanini qayd etishdi.

Uchrashuv yakunida barcha diniy konfessiya rahbarlariga Konfessiyalar kengashi a’zoligi guvohnomasi topshirildi.

Kiritildi: 15:46 01.07.2020. O'qildi: 3404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!