Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘cha jangi aks etgan videolavha tarqaldi.
Tarqalgan videolarda yosh yigit Chechenistonning Argun shahri polisiyasining sobiq rahbari Ayub Katayevni boks uslubida ikkita musht bilan urib yiqitganini ko‘rish mumkin. Dastlab musht tushirgan shaxs o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov ekanligi aytilgan edi. Keyinchalik O‘zbekiston professional boks federasiyasi tomonidan videodagi o‘zbekistonlik bokschi emasligi ta’kidlandi.
Voqea Moskva shahridagi barlarning biri oldidia sodir bo‘lgan.