Vetnamda «Trami» to‘foni oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jarohatlandi, deb yozadi portal VnExpress.
“Quangbin provinsiyasida 12 kishi halok bo‘ldi va yetti nafar yarador qayd etildi. «Trami» to‘foni tufayli beshta kema cho‘kib ketdi va 34 mingdan ortiq uy suv ostida qoldi, deyiladi materialda.
Ma’lum qilinishicha, to‘rt kundan beri suv toshqini va yomg‘ir oqibatida 9,3 mingga yaqin uydan oilalar evakuasiya qilingan. Eng katta zarar 20 mingga yaqin uy zarar ko‘rgan Le Thuy hududiga yetdi.
Tabiiy ofatlarning oldini olish, qidiruv va qutqaruv ishlari bo‘yicha viloyat boshqaruv qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami dastlabki zarar 500 milliard donga (taxminan 20 million dollar) baholangan. Ayni paytda mahalliy aholi va hokimiyat vakillari zarar ko‘rgan hududlarni tozalash ishlarini olib bormoqda.
Qayd etilishicha, yo‘llar, dengiz qirg‘oqlari va qirg‘oq infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rgan.