Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Vyetnamda karaokedagi yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi

Vyetnamda karaokedagi yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi

Vyetnam poytaxti Xanoy shahridagi karaoke-barda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy polisiyaga tayanib Reuters xabar berdi, deb yozadi Report.az.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar binodan yetti kishini qutqarib, ulardan ikki nafarini shifoxonaga yetkazgan.

Vyetnam jamoat xavfsizligi vazirligining xabar berishicha, bir kishi “o‘t qo‘yganlikda” gumonlanib hibsga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u muassasa xodimlari bilan janjaldan keyin binoning birinchi qavatiga benzin quyib, uni yoqib yuborgan.

Tegishli bo‘linmalar hodisaning barcha holatlarini aniqlamoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 19:12. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!