Shveysariyada tashkil etilgan moda brendi Vetements tashqi ko‘rinishi go‘yoki dazmol izi qolganidek effekt berilgan ko‘ylakni 1000 dollardan ortiq narxda sotuvga taqdim qildi.
Mahsulot dizaynida matoda ataylab “dozmol izi”ga o‘xshash belgilar qoldirilgan bo‘lib, u oddiy maishiy holatni moda uslubiga aylantirish g‘oyasiga asoslangan.
Brend ilgari ham noodatiy va bahsli dizaynlari bilan e’tibor qozongan. Yangi model esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi — ayrimlar uni zamonaviy art-yondashuv sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar narx va g‘oyani tanqid qilmoqda.