Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Polsha prezidenti Ukrainadan kelgan qochqinlarga yordam ko‘rsatishni to‘xtatuvchi qonunni imzoladi

Polsha prezidenti Ukrainadan kelgan qochqinlarga yordam ko‘rsatishni to‘xtatuvchi qonunni imzoladi

Polsha Prezidenti Karol Navroskiy ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha vositalarni chet elliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi umumiy qonunga o‘tkazuvchi qonunni imzoladi.
Bu haqda Polsha Prezidentining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan tegishli bayonotda aytilgan.
Yangi qonunga ko‘ra, favqulodda yordam bekor qilinmoqda va tizimli qoidalar joriy etilmoqda. “Qo‘llab-quvvatlash – ha. Polyaklar hisobidan imtiyozlar – yo‘q”, deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda qabul qilingan ukrainaliklar uchun maxsus yordam to‘g‘risidagi qonun Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun yashash, ish, imtiyozlardan foydalanish va ta’lim olish qoidalarini soddalashtiruvchi alohida huquqiy asosni joriy etdi. Yangi qonun ushbu tizimni bosqichma-bosqich bekor qiladi va asosiy qo‘llab-quvvatlash vositalari chet elliklarni himoya qilish bo‘yicha umumiy qoidalarga kiritiladi. Xususan, imtiyozlar Polshada ish bilan ta’minlash va bolalarning maktabga borishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ularning Polshada qolishini qonuniylashtirish uchun ukrainalik qochqinlarga uch yillik yashash ruxsatnomasi taklif etiladi. Imzolangan hujjat, shuningdek, urushdan qochgan Ukraina fuqarolari uchun Polshada qonuniy qolish muddatini 2027 yil 4 martgacha uzaytiradi. Qonunga kiritilgan muhim o‘zgarishlardan biri Polshaga kirgandan keyin 30 kun ichida PESEL identifikasiya raqamiga ariza berish talabidir.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!