Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Vens: "AQSh Erondagi maqsadlariga erishdi"

Vens: "AQSh Erondagi maqsadlariga erishdi"

AQSh ma’muriyati Eronga qarshi harbiy operasiya maqsadlariga erishilganiga ishonadi va mojaroni tugatish vaqti keldi deb hisoblaydi.

Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Fox News telekanalida ma’lum qildi.

"Men chin dildan ishonamanki, biz maqsadlarimizga erishilgan holatdamiz. Biz bunga chek qo‘yishni boshlashimiz mumkin", dedi u.

Shu bilan birga, Vens mojaroni "muvaffaqiyatli muzokaralar" orqali tugatishni afzal ko‘rishini ta’kidladi. Boshlovchining Islomobodda AQSh va Eron delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralar paytida nima noto‘g‘ri ketgani haqida so‘raganida, Vans "hamma narsa yaxshi o‘tdi" deb ta’kidladi. "Biz katta yutuqlarga erishdik", dedi u.

Vise-prezident shuningdek, Eronning yadro dasturi masalasiga ham to‘xtaldi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu Qo‘shma Shtatlar uchun tashvish tug‘diradi: "Shuning uchun biz ushbu material [boyitilgan uran] mamlakatdan butunlay olib chiqilishini, toki u Qo‘shma Shtatlar nazorati ostida bo‘lishini istaymiz... Eronliklar yadroviy qurolga ega bo‘lishni niyat qilmaganliklarini aytishlari boshqa narsa. Buning sodir bo‘lmasligini ta’minlash mexanizmini yaratishimiz boshqa narsa. Albatta, buning bir qismi ularning uranni boyitish imkoniyatiga ega emasligini ta’minlashdir".

Eslatib o‘tamiz, Pokiston vositachiligida Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida 11-12 aprel kunlari Islomobodda bo‘lib o‘tdi. Bir necha soat davom etgan muzokaralar kelishuvsiz yakunlandi.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!