Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Vengriyaga kafolat berildi: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi

Vengriyaga kafolat berildi: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi

Evropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga kelishib olganini Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas X'da ma’lum qildi.

"Evropa o‘z va’dasini bajarmoqda: Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari hozirgina Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana uzaytirishga rozi bo‘lishdi," deya yozdi u.

"Bu qadam Moskvani urushni moliyalashtirish uchun daromadlardan mahrum etishni davom ettiradi," deb ta’kidladi Kallas.

O‘z navbatida, Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Budapesht Yevropa Komissiyasidan talab qilingan energiya xavfsizligi kafolatlarini olganini, bu kafolatlarsiz Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan bosh tortayotganini ma’lum qildi.

"Evropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarga olib boruvchi gaz va neft quvurlarini himoya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi," deya u o‘zining Facebook sahifasida yozdi.

Diplomatiya idorasi rahbari, shuningdek, Yevropa Komissiyasi Ukrainadan "Evropa Ittifoqiga neft yetkazib berishni saqlab qolish" bo‘yicha kafolatlar talab qilganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 23:36 27.01.2025. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!