Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Vengriya: yangi sanksiyalar paketlari Rossiyadan ko‘ra Yevropaga ko‘proq zarar keltiradi

Vengriya: yangi sanksiyalar paketlari Rossiyadan ko‘ra Yevropaga ko‘proq zarar keltiradi

Budapesht Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi kerak emasligiga ishonchi komil.

Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvdan so‘ng TASS agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Afsuski, Yevroittifoq joriy etgan sanksiyalarga hozircha professional baho va tahlillar o‘tkazilmagan. Yangi sanksiyalarni muhokama qilish har doim hissiy, siyosiy va mafkuraviydir”, — dedi Siyyarto.

“Agar biz sanksiyalarga pragmatik nuqtai nazardan qarasak, ular Rossiyadan ko‘ra Yevropaga ko‘proq zarar keltirayotganini ko‘ramiz”, — dedi Vengriya TIV rahbari.

“Biz yangi sanksiyalar paketiga ehtiyoj sezmaymiz, deb hisoblaymiz. Umid qilamizki, bir kun kelib Sharq va G‘arb o‘rtasidagi sivilizasiyalashgan hamkorlikka qaytishimiz mumkin, chunki bu bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri keladi”, — dedi Siyyarto va iqtisodiyot sohasi vakillari ham xuddi shunday nuqtai nazarga ega ekanini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 16:29 23.09.2023. O'qildi: 1300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!