Bu haqda Vengriya adliya vaziri Bens Tusson elchilar bilan yopiq uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Ozodlik” radiosi.
Nashrning yozishicha, Vengriyani XJC tarkibidan chiqarish haqidagi siyosiy qaror ancha oldin qabul qilingan , biroq Budapesht AQSh prezidenti Donald Trampning bu boradagi pozisiyasini kutayotgan edi.
Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish orderi bilan bog‘liq holda XJCga qarshi sanksiyalar e’lon qilganidan so‘ng , Vengriya hukumati buni “yashil chiroq” sifatida qabul qildi, deb xabar beradi Ozodlik radiosi.
Ta’kidlash joizki, Netanyaxu payshanba kuni Vengriyaga to‘rt kunlik tashrifini boshlaydi . Rasmiy ravishda mamlakat rasmiylari uni XJC orderi asosida hibsga olishlari kerak edi, biroq bosh vazir Viktor Orban bu sodir bo‘lmasligiga kafolat berdi.