Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Vengriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha so‘rovnomani e’lon qildi

Vengriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha so‘rovnomani e’lon qildi

Vengriya hukumati o‘z veb-saytida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishi bo‘yicha milliy referendumda foydalaniladigan byulletenni e’lon qildi. Bu haqda "TASS" yozmoqda.

Hujjatda "Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligini qo‘llab-quvvatlaysizmi?" degan savol bor. Bu savolga ikkita javob berish mumkin: "ha" yoki "yo‘q".

Darvoqe, byulleten maxsus qog‘ozda bosilib, qalbakilashtirishdan himoyalangan va yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan referendumda ovoz berish qat’iy nazorat ostida o‘tadi.

"Ukraina vengriyaliklarning roziligisiz Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘la olmaydi, bu yerda a’zo davlatlar veto huquqiga ega", - deya ogohlantirdi Vengriya hukumati.

U referendum natijalaridan YEI rahbariyati bilan bo‘lajak maslahatlashuvlar chog‘ida foydalanishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 01:25 17.03.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!