Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit berish imkoniyatini shubha ostiga qo‘ydi. Bu haqda kecha, 8 oktyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.
Ukrainaga kredit G‘arb moliya institutlari hisoblaridagi muzlatilgan Rossiya aktivlari bo‘yicha foizlar bilan ta’minlanishi kerak edi. Ammo har qanday Yevropa Ittifoqi davlatining pozisiyasi tufayli muzlatish xavfi ushbu loyihaga tahdid solishi mumkin. Vengriya Moliya vaziri Mixali Varga mamlakat pozisiyasini AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalarini kutish istagi bilan izohladi.