Vengriya parlamenti Peter Madyarni rasman mamlakat bosh vaziri etib sayladi.
“Tisa” partiyasi yetakchisini 140 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 54 nafari qarshi chiqdi, bir kishi esa betaraf qoldi.
Ushbu lavozimda Madyar mamlakatni 16 yil davomida boshqargan Viktor Orbanning o‘rnini egalladi.
Yangi parlament tarkibi aprel oyidagi saylovlar yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan edi. Madyar vazirlik lavozimlariga bir nechta nomzodlarni e’lon qildi — xususan, u Tashqi ishlar vazirligi rahbari etib Anita Orbanni, Adliya vaziri etib esa Marton Melletxey-Barnani tayinlashni taklif qildi.