Ukraina Xavfsizlik xizmati Vengriyani Karpatorti hududi mudofaasi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plaganlikda va qo‘shin kiritishni rejalashtirganlikda aybladi.
Ukraina Xavfsizlik xizmatining (UXX) ma’lum qilishicha, ilk bor Vengriya harbiy razvedkasiga aloqador agentlik tarmog‘i fosh qilingan. Bu tarmoq mintaqaning quruqlik va havo mudofaasi to‘g‘risida, shuningdek, mahalliy aholining ijtimoiy-siyosiy qarashlari haqida ma’lumot to‘plagan. Jumladan, agar mintaqaga Vengriya qo‘shinlari kiritilsa, aholi qanday harakat qilishi tahlil qilingan.
"Ikki nafar shaxs qo‘lga olingan, ulardan biri Vengriya harbiy razvedkasi xodimi, ikkinchisi 40 yoshli sobiq ukrain harbiysi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2021 yili Vengriya maxsus xizmatlari tomonidan yollangan", deyiladi UXX bayonotida.