Vengriya keskin "siyosiy munosabatlar" sababli Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishni davom ettiradi. Buni Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha vazir Yanush Boka aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Kiyev Vengriya hududida ayg‘oqchilik faoliyati olib bormoqda.
"Hozirgi kunda Ukraina Vengriya hududida demokratik qaror qabul qilish jarayonlariga ta’sir o‘tkazish maqsadida ko‘plab axborot va razvedka tadbirlarini amalga oshirmoqda. Bunday siyosiy vaziyatda samarali muzokaralar olib borish nihoyatda mushkul."