Vengriya hukumati parlamentga Gaagadagi Xalqaro jinoiy suddan (XJS) chiqish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qilib, so‘nggi yillarda ushbu yuridik institut siyosiy vositaga aylanganini ta’kidladi.
"Biz, vengerlar, siyosiy sabablarga ko‘ra sud tizimining bir qismi bo‘lishni istamaymiz. Shu bois hukumat Rim statutini denonsasiya qilish va Vengriyaning Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqishini boshlashga qaror qildi", — dedi tashqi ishlar vaziri o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida videomurojaatida.
Uning fikricha, parlament tegishli hukumat qonun loyihasini may oyida ovoz berish uchun aprel oxirigacha ko‘rib chiqishi mumkin.