Rossiyaga qarshi sanksiyalar Vengriya va butun Yevropaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu haqda respublika bosh vaziri Viktor Orban Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Rossiyaga qarshi sanksiyalar Vengriyani va butun Yevropani vayron qilmoqda. Sanksiyalar tufayli biz uch yil ichida 20 milliard yevro yo‘qotdik. Vengriya uchun bu katta miqdor", - deya qayd etdi Orban.
Shuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga tashrif buyurishga qaror qilsa, Vengriya uni munosib kutib olishini aytdi. "Agar Rossiya prezidenti Vengriyaga kelmoqchi bo‘lsa, uni munosib kutib olishadi", — dedi Vengriya hukumati rahbari.