Bugun 5 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Venesuelaning vise-prezidenti: "Maduro Venesuelaning yagona qonuniy rahbari"

Venesuelaning vise-prezidenti: "Maduro Venesuelaning yagona qonuniy rahbari"

Nikolas Maduro Venesuelaning yagona qonuniy prezidenti.

Bu haqda Bolivar respublikasi ijrochi vise-prezidenti Delsi Rodriges hukumatning yuqori lavozimli amaldorlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar yolg‘on bahonalar bilan Venesuyelaga qarshi tajovuzkorlik qilgan va Maduro va uning xotinini zudlik bilan ozod qilishi kerak.

"Venesuela rahbariyati mamlakatning tabiiy boyliklarini himoya qiladi; ular xalqqa tegishli", - deya ta’kidlagan Rodriges Venesuela "hech kimning mustamlakasi bo‘lmaydi".

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Venesuela vise-prezidenti AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qilish chog‘ida AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 11:01 04.01.2026. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!