Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Venesueladagi vaziyat tufayli minglab sayyohlar Karib dengizida qolib ketishdi

Venesueladagi vaziyat tufayli minglab sayyohlar Karib dengizida qolib ketishdi

AQShning Karakasdagi tinch aholi va harbiy ob’ektlarga hujumi ortidan minglab sayyohlar Karib dengizida qolib ketishdi.

Bu haqda Britaniyaning The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Gazetaning ta’kidlashicha, ko‘plab sayyohlar parvozlarning kechikishi tufayli Karib dengizida qolishlari noaniqligidan xavotirda. Sent-Tomasdagi Cyril E. King xalqaro aeroporti oxirgi 24 soat ichida 43 ta reysni bekor qildi, Arubadagi Qirolicha Beatriks xalqaro aeroporti esa 44 tasini bekor qildi. Shu bilan birga, Puerto-Rikodagi Luis Munyos Marin xalqaro aeroportida 169 ta reys bekor qilindi.

American Airlines ma’lumotlariga ko‘ra, Venesueladagi vaziyat jami 19 ta aeroportga, jumladan, AQSh va Britaniya Virjiniya orollari, Puerto-Riko, Sent-Martin, Sent-Lyusiya, Barbados va boshqa orollarga ta’sir ko‘rsatgan, deya qo‘shimcha qiladi gazeta.

Kiritildi: 12:55 04.01.2026. O'qildi: 1273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!