Venesuelaning Monagas shtatidagi Muskar gazni qayta ishlash zavodida kuchli portlash yuz berdi.
Bu haqda mahalliy Lapatilla axborot sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, aholiga zavod majmuasiga yaqinlashmaslik tavsiya qilinib, hududdagi yo‘llarda transport harakati cheklangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi jarohat olib, Petroleos de Venezuela (PDVSA) davlat neft-gaz kompaniyasi kasalxonasiga yetkazilgan.