Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Venesuela Xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasidan chiqishini e’lon qildi

A A A
Venesuela Xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasidan chiqishini e’lon qildi

​Venesuela tashqi ishlar vaziri Feliks Plasensia o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida mamlakat muvaqqat prezidenti Delsi Rodrigesning qaroriga binoan Rim statutini denonsasiya qilish va Xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasidan chiqish prosedurasini boshlaganini e’lon qildi.

Ushbu qaror haqida mamlakat BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni rasman xabardor qilgan.

"Venesuela Sud o‘z ishini Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlariga qaratgan, deb hisoblaydi, bu esa Global Janubga zarar yetkazadi. Ushbu yondashuv xalqaro odil sudlovning asl mohiyatini ochib beradi — u teng qo‘llanishdan yiroq bo‘lib, xalqlar o‘rtasidagi tengsizlikni chuqurlashtirish hamda ularning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va suverenitet huquqini inkor etish quroli sifatida ishlatilmoqda", — deyiladi Plasensia bayonotida.

Kiritildi: 13:31 25.07.2026. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!