Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Venesuela va Kolumbiya Prezidentlari uchrashdi

Venesuela va Kolumbiya Prezidentlari uchrashdi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro shanba kuni o‘zaro muzokara o‘tkazdi va siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqani yanada kengaytirishga kelishib oldi. Davlat rahbarlari Petroning Venesuelaga rasmiy tashrifi yakuni bo‘yicha “Miraflores” prezident saroyida qo‘shma deklarasiyani imzoladilar.

– Birodarlik va hamkorlik, ikki mamlakat tinchligi va farovonligi yo‘lida olg‘a intilamiz, – dedi Maduro mamlakat televideniyesi (Venezolana de Televisión) efirida sarmoya masalasi, ekologiya, energetika, neft-gaz sohalarida samarali kelishuvlarga erishilganini qayd etarkan.

Uning aytishicha, muzokarada tinchlik mavzusi, xususan Kolumbiyadagi ichki nizoni hal qilish masalasi ham ko‘tarilgan.

– Venesuela Prezident Petroni to‘liq va mutlaq qo‘llab-quvvatlaydi, chunki Kolumbiyada tinchlik hukmron bo‘lsa, bizda ham osoyishtalik ta’minlanadi, – deya ta’kidladi mezbon rahbar. – Ko‘p qirrali hamkorligimiz, o‘zaro anglashuv munosabatimiz yanada rivojlanib, rejalashtirilgan ishlar to‘liq va muvaffaqiyatli amalga oshadi.

Uchrashuv chog‘ida “ikki davlat o‘rtasida real energetika integrasiyasi tamoyili belgilab olindi. Venesuela g‘arbidagi Suliya shtatiga elektr energiyasi uzatish loyihasi, tabiiy gaz ta’minoti masalasi muhokama qilindi.

Kolumbiya Prezidenti, shuningdek, tabiiy hududlarda turizmni rivojlantirish, foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olishga qarshi kurashni kuchaytirish tarafdori ekanini ham bildirdi.

Kiritildi: 09:39 20.11.2023. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!