Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Venesuela Rossiyadan olgan havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlata olmagan

Venesuela Rossiyadan olgan havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlata olmagan

Bu haqda NYT xabar berdi.

"Venesuela Rossiyadan olgan S-300 va “Buk-M2” zenit-raketa majmualaridan foydalanmagan. Shu sababli mamlakat havo hududi AQSh zarbalariga nisbatan himoyasiz bo‘lgan", deb yozadi gazeta Qo‘shma Shtatlarning sobiq va amaldagi rasmiylariga tayanib.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSh vertolyotlari hujumi vaqtida Venesuelaning havo hujumidan mudofaa tizimlari hatto radarlar bilan ham ulanmagan bo‘lgan, ehtimol, bundan oldin ham yillar davomida ishlamagan.

"Qo‘shma Shtatlarning Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha operasiyasi paytida Venesuela havo hujumidan mudofaa tizimlarining ayrim qismlari hanuz omborlarda, ishga yaroqsiz holatda saqlanayotgan bo‘lgan", deyiladi The New York Times xabarida.

Kiritildi: 20:37 12.01.2026. O'qildi: 1062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!