AQSh davlat kotibi Marko Rubio Nikolas Maduroning qo‘lga olinishidan so‘ng Venesuela boshqaruvida yetakchi rolni egallashi mumkin — Bloomberg.
Shu bilan birga, agentlikning qayd etishicha, Vashington Karakas bilan qanday tarzda hamkorlik qilishni rejalashtirayotgani haqida hozircha kam ma’lumot bergan. Mamlakatda boshqaruv tuzilmalarini yaratish va AQSh kontingentni joylashtirish ehtimoli bo‘yicha aniq rejalar taqdim etilmagan.
Oq uy hozircha o‘tish davridagi boshqaruv tafsilotlarini aniqlashtirmagan, biroq Rubio o‘tish davrida Venesuelada ma’muriy jarayonni boshqarishi mumkin bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rilmoqda.