2024 yil 27 oktyabr kuni ilk bor Qonunchilik palatasiga aralash tizim asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning mohiyati va ahamiyatini atroflicha tushuntirish hamda saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joylarda tegishli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 24 oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida huquqiy va elektorat madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti «Huquqiy fanlar» kafedrasi dosenti, falsafa fanlari doktori (DSc), «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jaloliddin Yusubov saylovlar va islohotlar haqida umumiy ma’lumot berib o‘tib, 2024 yilgi saylovlarda ilk marotaba aralash saylov tizimidan foydalanilishiga alohida to‘xtaldi.
Bu tizimda Qonunchilik palatasi deputatlarining 50 foizi bir mandatli saylov okruglaridan majoritar tizim bo‘yicha, qolgan 50 foizi esa partiya ro‘yxatiga proporsional vakillik orqali saylanishi nazarda tutilishi aytib o‘tildi.
Ma’ruzachi «E-saylov» axborot tizimi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib, tadbir ishtirokchilarining barcha savollariga batafsil javob berib o‘tdi.