Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruvdagi avtotransport vositalarini qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan sudlarning ijro hujjatlariga asosan qarzdor Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligidan bir necha fuqaro foydasiga jami 340 mln so‘m qarzdorliklarni undirish belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida «Lacetti» rusumli avtomashina mavjudligi aniqlanib, ushbu avtotransport vositalariga qidiruv e’lon qilingan.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan joriy yilning 4 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlaridan birida qarzdorga tegishli avtomashina Nukus ko‘chalarida topilib, jarima maydonchasiga qo‘yilgan.