Trannsport vazirligi ATTO tizimidan pul mablag‘lari yechib olinayotganligi haqidagi postlarga izoh berdi.
Izohga ko‘ra, joriy yilning oktyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ATTO tizimidagi ba’zi validator uskunalaridagi tranzaksiyalar kechikib kelayotganligi sababli yo‘lovchilarning ATTO transport va bank kartalari hisoblaridan avvalgi (Beruniy hamda Buyuk ipak yo‘li metro bekatlarida) amalga oshirilgan sayohatlar uchun pul mablag‘lari yo‘lovchilarning hisoblaridan yechib olinmoqda.
ATTO mobil ilovasidagi "To‘lovlar Tarixi" sahifasida yechilgan mablag‘larni tekshirish imkoniyati mavjud, deyiladi xabarda.