Rim-katolik cherkovining keksa yetakchisining salomatligi uzoq vaqtdan beri jamoatchilikni tashvishga solayotgan edi, deb yozadi Euronews.
Rim papasi Fransisk yiqilib, o‘ng qo‘lini jarohatlagan. Vatikan bu xabarni pontifikning jag‘i yaralanganidan bir necha hafta o‘tib e’lon qildi.
Muqaddas taxt vakilining aytishicha, Rim papasida hech qanday suyak sinmagan bo‘lsa-da, ehtiyot chorasi sifatida bog‘lab qo‘ygan.
“Rim papasi Fransiskning o‘ng boldir suyagi ko‘kargan. Vatikan bayonotida aytilishicha, qo‘l ehtiyot chorasi sifatida immobilizasiya qilingan”, – deyiladi xabarda.
Vatikan ma’lumotlariga ko‘ra, u payshanba kuni uyida yiqilib tushgan. Biroq Fransisk iste’foga chiqish niyati yo‘qligini aytdi.