Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Vashingtonning Rossiya OAVlariga qarshi harakatlari javobsiz qolmaydi

Vashingtonning Rossiya OAVlariga qarshi harakatlari javobsiz qolmaydi

Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning AQShning Rossiya media-xoldinglariga qo‘ygan cheklovlariga oid izohida aytiladi.

«Amerika ma’muriyatining harakatlari javobsiz qolmaydi», dedi Zaxarova.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar «har qanday o‘zgacha fikrni butunlay yo‘q qilish kursiga qat’iy rioya qilgan holda Rossiya ommaviy axborot vositalari va jurnalistlariga qarshi navbatdagi cheklovlar to‘lqinini boshladi».

«Qo‘shma Shtatlarda keng tarqalgan tsenzura Vashington tomonidan boshqariladigan tegishli xalqaro tuzilmalar tomonidan munosib baholanadi, degan xayolimiz yo‘q. Shu bilan birga, biz ularning jim turishini bunday amaliyotlarni ma’qullash va Rossiya ommaviy axborot vositalariga nisbatan sodir etilgan o‘zboshimchaliklarga haqiqiy sheriklik sifatida baholaymiz», — dedi Rossiya TIV vakili.

13 sentyabr kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyaning ikki mediaxoldingi MIA Rossiya segodnya (RIA Novosti va Sputnik agentliklari), ANO TV-Novosti va Yevrosiyo nodavlat tashkilotiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:28 15.09.2024. O'qildi: 1477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!