Vashingtonda Buyuk Britaniya qiroli Charlz III tashrifi arafasida noqulay holat yuz berdi. Reuters agentligi xabar berishicha, shaharda o‘rnatilgan bayroqlar orasida xatolikka yo‘l qo‘yilgan.
Ma’lum qilinishicha, jami 230 dan ortiq bayroq osilgan bo‘lib, ularning kamida 15 tasi tasodifan Avstraliya bayroqlari bo‘lib chiqqan.
Xatolik aniqlanganidan so‘ng, mazkur bayroqlar tezkor ravishda Buyuk Britaniya bayroqlari bilan almashtirilgan.