Vashington shtatidagi suv toshqini Uayt-Riverda to‘g‘onning buzilishiga olib keldi va Pasifik shahri aholisini evakuasiya qilishga majbur qildi.
ABC News nashri xabariga ko‘ra, rasmiy manbalar voqeani tasdiqlagan, voqea oqibatida 33 yoshli erkak vafot etgan. U boshqarayotgan mashinani sel suvlari olib ketgan.
"Avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, jarlikka qulagan. Qutqaruvchilar transport vositasini topib, allaqachon halok bo‘lgan haydovchini olib chiqishgan", - deya ma’lum qildi Snoxomish tumani o‘t o‘chirish boshqarmasi.