Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Eronning harbiy kemalarini qo‘lga olish o‘rniga yo‘q qilmoqda

AQSh Eronning harbiy kemalarini qo‘lga olish o‘rniga yo‘q qilmoqda

AQSh Eronning harbiy kemalarini qo‘lga olish o‘rniga yo‘q qilmoqda, chunki shunday qilish qiziqroq, dedi Donald Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron flotining katta qismi yo‘q qilingan va 46 ta kema okean tubida yotibdi. Tramp bu haqda gapirar ekan, hatto AQSh harbiylaridan biroz norozi bo‘lganini aytdi.

Prezidentning aytishicha, u harbiylardan: “Bu qanday kema edi? U birinchi toifali edimi? Nega uni shunchaki qo‘lga olmadik? Uni foydalanishimiz mumkin ediku. Nima uchun cho‘ktirdik?”, deb so‘ragan. Harbiylar esa ularga kemalarni cho‘ktirish “qiziqroq” ekanini aytgan. Shuningdek, bu usul xavfsizroq ekani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti 9 mart, dushanba kuni CBS News telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida shunday dedi: "Menimcha, Erondagi urush avval rejalashtirilgandan ham tezroq yakunlanishi mumkin. Ularda na flot bor, na aloqa, na harbiy-havo kuchlari bor".

Shuningdek,Tramp Eron raketalari deyarli to‘liq yo‘q qilingani, dronlar va ularni ishlab chiqarish zavodlari ishdan chiqarilganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 16:40. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!