Qo‘shma Shtatlar MAGATEning Ukraina atom elektr stansiyalaridagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha rezolyusiyasiga qarshi ovoz berdi, deb yozadi "Reuters".
"Biz Direktorlar kengashi tomonidan Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlikka erishishga yordam bermaydigan keraksiz rezolyusiyaning ko‘rib chiqilishini qo‘llab-quvvatlamaymiz", — deya agentlik Vashington bayonotidan iqtibos keltiradi.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar ilk bor bunday qarorga qarshi chiqmoqda. Rezolyusiyaga qarshi, shuningdek, Xitoy va Niger ham ovoz berdi.