Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Vashington NATO mamlakatlariga ultimatum qo‘ydi

Vashington NATO mamlakatlariga ultimatum qo‘ydi

Amerika tomoni, agar Yevropadagi ittifoqchilar mudofaa xarajatlarini ko‘tarmasa, AQSh prezidenti Donald Tramp iyun oyida Gaagada o‘tkaziladigan NATO sammitiga kelmasligini ogohlantirdi.

Bu haqda "Der Spiegel" jurnali xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Bryusseldagi deyarli har bir uchrashuvda Yevropa mamlakatlaridan mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish to‘g‘risida kelishib olishni talab qilmoqda. "Dastlab nemislar amerikaliklar 5 foizlik [xarajatlar]ni jiddiy nazarda tutmagan, bu shunchaki muzokaralar olib borish usuli, deb o‘ylashgan. Hozir ular Uitakerning so‘zlariga ishonishmoqda - u NATO davlatlari pul masalasida harakat qilmasa, Tramp iyun oyidagi sammitdan chetda qolishi bilan tahdid qilganda ham," - deya yozadi nashr.

Kiritildi: 21:03 03.05.2025. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!