Vashington Eron bilan bevosita muzokaralar olib borishga tayyor.
Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus brifingda ma’lum qildi.
"Biz eronliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashishga tayyormiz, shuningdek, Yevropa uchligidagi hamkorlarimiz (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya) bilan ham hamkorlikdamiz”, dedi u.
Bryus AQSh prezidenti Donald Trampning muzokaralardan eronliklar faqat foyda ko‘rishini, Eron rahbariyatida tinchlik va farovonlik yo‘lini tanlash imkoniyati borligini aytganidan iqtibos keltirdi.
Shu bilan birga, avvalroq Isroilning Jerusalem Post gazetasi manbalarga tayanib, Tramp endi Eronning yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishini zarur deb hisoblamasligi haqida xabar berdi. "Agar shunday istak paydo bo‘lsa, ular mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Lekin biz ularni yolvormaymiz yoki ko‘ndirishga urinmaymiz", - deya Trampning shaxsiy suhbatlarida so‘zlarini keltiradi gazeta suhbatdoshlari.