La Liga navbatdagi tur doirasida bo‘lib o‘tgan Real Valyadolid hamda Real jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda qiziq holat sodir bo‘ldi. Bu holat VAR tizimi bilan bog‘liq bo‘ldi.
O‘yinning 14-daqiqasida Serxi Gvardiola Tibo Kurtua darvozasini ishg‘ol etdi. Ammo bosh hakam Xesus Xil Mansano VAR tizimiga murojaat qilib, offsaydni qayd etdi va golni bekor qildi. Oradan uch daqiqa o‘tgach yana o‘sha Gvardiola gol urdi. Ammo yana o‘yindan tashqari holat qayd etildi.
Eng ajablanarlisi, internetda yangi surat tarqaldi. Unda ko‘rish mumkinki, Valyadolid va Real o‘yini vaqtida videoassistentlar o‘tiradigan xona bo‘m-bo‘sh, chiroqlar esa o‘chirilgan. Xo‘sh, chindan ham ofsayd bormidi? Bo‘m-bo‘sh VAR xonasi-chi...