VAR joriy etilgandan beri La Ligada gollari eng ko‘p bekor qilingan klub «Real»dir.
20-turdagi «Las-Palmas»ga qarshi o‘yinda (4:1) bosh hakam Alexandro Kintero videotakrorlarni ko‘rib, Madrid klubining 3 ta golini bekor qildi — Kilian Mbappe, Jude Bellinghem va Federiko Valverdening gollari ofsayd tufayli hisoblanmadi.
VAR La Ligada ishlay boshlaganidan beri «Real»ning jami 32 ta goli bekor qilingan, bu — chempionatda eng yuqori ko‘rsatkich.
Bu borada 2-o‘ringa 18 ta goli bekor qilingan «Sevilya» joylashgan bo‘lsa, 3-o‘rinni 17 ta goli hisoblanmagan «Atletiko» egallagan.