Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Vaqtida "kadastr" qildirmaganlik uchun jarimalar kamaytirilmoqda

Vaqtida "kadastr" qildirmaganlik uchun jarimalar kamaytirilmoqda

Mazkur qonun loyihasida 3 ta kodeks va 5 ta qonunlarga yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish tizimini joriy etish, ularni belgilash va o‘zgartirish tartiblari aks etmoqda. Qolaversa, aholining ko‘p sonli taklif va e’tirozlari inobatga olingan holda fuqarolar tomonidan turar joylariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik yuzasidan belgilangan javobgarlik yengillashtirilmoqda (jarima miqdori kamaytirilmoqda).

➡️ Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari belgilanishiga va bundan yer uchastkalari foydalanuvchilari, ijarachilari hamda mulkdorlari xabardor bo‘lishiga, yer resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish samaradorligini oshirish, yer uchastkalaridan foydalanish jarayonida yer va shaharsozlik qonunchiligi o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlashga xizmat qiladi.

➡️ E’tiborlisi, davlat yer va shaharsozlik kadastrlarini yuritish tartibini takomillashtirish hamda turar joyga bo‘lgan huquqini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlik yengillashtirilishiga erishiladi.

Kiritildi: 15:22 07.01.2025. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!