Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Van Nistelroy «MYu»ni tark etadi

A A A
Van Nistelroy «MYu»ni tark etadi

«Manchester Yunayted» klubi Erik ten Hagdan keyin Rud van Nistelroy bilan ham xayrlashadigan bo‘ldi.

Insayder Fabrisio Romanoning «The Atlantic» nashri jurnalisti Lauri Vatvelga tayanib xabar berishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim Rud van Nistelroyni juda hurmat qilishini, ammo u o‘z yordamchilari bilan ishlashga qaror qilganini ma’lum qilgan.

Shu tariqa, ten Hagdan keyin «MYu»ni vaqtinchalik boshqargan Rud van Nistelroy klub bilan xayrlashadi. Uning qo‘l ostida jamoa 4 o‘yinda 3 g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, Amorim bugun, 11 noyabrdan Manchester klubida ish boshladi.

Kiritildi: 23:54 11.11.2024. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!