Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni va hozirda mamlakatning Britaniyadagi elchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Zalujniy bu haqda Sharqiy Angliyadagi harbiy-o‘quv bazasida ukrainalik harbiylar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Bizda faqat bitta Ukraina bor. Uni bizdan boshqa hech kim himoya qilmaydi. Unutmangki, urush kundan-kunga shafqatsiz bo‘lib bormoqda. Urush omon qolish uchun deyarli hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. O‘limdan, dushmanning ko‘ziga qarashdan qo‘rqmaslikni o‘rganinglar. Bir-biringizni asrang va doimo Ukraina haqida o‘ylang", — deya fikr bildirdi Zalujniy.